French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda SHHT va MDHga a’zo davlatlar sanoat vazirlari uchrashadi
09:52 / 2022-07-14

15 iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar sanoat vazirlari yig‘ilishi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning Sanoat siyosati bo‘yicha Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirlarda Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Tojikiston sanoat vazirlari, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy tarmoq vazirlari o‘rinbosarlari, SHHT Bosh kotibi Chjan Min, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov, shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etadi.

Yig‘ilish ishtirokchilari SHHT va MDH doirasida sanoatni rivojlantirish, kooperatsiya asosida sanoat ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishini ta’minlash, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi texnologiyalar joriy etish, moddiy va moliyaviy resurslar jalb qilish, mehnat unumdorligini oshirish va sanoat mahsulotlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada jadallashtirish va kengaytirish masalalarini muhokama qiladilar.

Uchrashuvlar chog‘ida SHHT va MDHga a’zo davlatlar sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar tasdiqlanishi kutilmoqda.

Xususan, Shanxay tashkilotiga a’zo davlatlar vazirlari SHHT mamlakatlari ishbilarmon doiralari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturi loyihasini ma’qullaydilar. Mazkur hujjat Tashkilotning Samarqand sammiti kun tartibiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

MDHga a’zo davlatlar sanoat vazirlari yig‘ilishida ham ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikka doir hujjat tasdiqlanishi kutilmoqda.

O‘zA