Markaziy Osiyo xalqaro institutida SHHT Xartiyasining 20 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Shanxay hamkorlik tashkiloti: Markaziy Osiyodan Yevroosiyogacha” mavzusidagi xalqaro konferensiya davom etyapti.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda SHHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari, SHHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kotibiyati va Ijroiya qo‘mitasi xodimlari, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Xitoy, Eron, Hindiston, Pokiston, Belarus, Ozarbayjon tahlil tuzilmalari yetakchi ekspertlari hamda O‘zbekiston vazirlik, idoralari vakillari ishtirok etmoqda.

Anjumanning yalpi yig‘ilishida MOXI direktori Anvar Nosirov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov qisqacha ma’ruza qildi. Shundan so‘ng SHHT Bosh kotibi Chjan Min konferensiya qatnashchilariga videomurojaat yo‘lladi.
Ayni payt dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha sessiya yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.
G‘.Xonnazarov,
N.Haydarov (surat),
O‘zA