French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda SHHT hududlari forumi boshlandi
14:37 / 2022-08-03

Poytaxtimizda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hududlar rahbarlari ishtirokida "SHHTga a’zo mamlakatlar mintaqalararo savdosini rivojlantirish istiqboli" mavzusiga bag‘ishlangan forum boshlandi.

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad SHHTga a’zo davlatlar e’tiborini turizm, madaniyat va qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish masalalariga jalb etish.

Mamlakatimiz investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev "Hududlar rahbarlari forumi" SHHTga a’zo mamlakatlarga mintaqani yanada rivojlantirish bilan bog‘liq istiqbolli yo‘nalishlarni har tomonlama ko‘rib chiqish imkonini beradigan muloqot maydoni ekaniga alohida urg‘u berdi.

Anjuman dasturiga muvofiq, kunning ikkinchi yarmida SHHTga a’zo davlatlar hududlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va turizm sohalaridagi hamkorlikni, shuningdek madaniy-gumanitar aloqani rivojlantirish bo‘yicha sho‘’ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi.

U.Mahmirzayev, O‘zA