Joriy yilning 5 iyun kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti forumining XIX yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston raisligida Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
Bo‘lajak forum «Yangi sharoitlarda SHHTning roli: umumiy xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish» mavzusiga bag‘ishlangan.
Unda dunyoning 10 mamlakatidan 40 dan ziyod ekspertlar, jumladan, SHHTga a’zo mamlakatlarning milliy tadqiqot markazlarining vakillik delegatsiyasi, SHHTda kuzatuvchi davlatlar va tashkilotning muloqot bo‘yicha hamkorlari mutaxassislari, SHHT Kotibiyati rahbariyati va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etadi.
Tadbirning kun tartibi SHHT doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchta — asosiy sessiyalar, zamonaviy rivojlanish bosqichida SHHT samaradorligini oshirish va SHHT forumi faoliyatini takomillashtirishning kelgusi istiqbollari muhokamasini o‘z ichiga oladi.
Forum yakunida SHHTga a’zo davlatlarning tadbir kun tartibidagi masalalar bo‘yicha yondashuvlari va qarashlari aks etgan yig‘ili Bayonnomasi imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zA