FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 14-18 yoshdagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida navbatdagi mamlakat chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
5 tur natijalarga ko‘ra, 14 yoshdagi shaxmatchilar orasida Nilufarxon Imomqo‘ziyeva, Shohina Ahmedova, Miraziz Qo‘ziyev va Shahrambek Karimov 5 imkoniyatdan 4,5 tadan ochko jamg‘ara oldi. 16 yoshlilar o‘rtasida Guldona Karimova, Baxrom Baxrillayev, Rasulbek Abdullayev hisobida ham shuncha - 4,5 ta ochko bor. 18 yoshli qizlardan Maftuna Bobomurodova, Umida Omonova, Ozoda Shahzodova, Mohinur Habibullayeva bir xil 5 imkoniyatdan 4 tadan ochkoni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishgan. O‘g‘il bolalardan Olmos Rahmatullayev 4,5 ta ochko bilan guruhda yetakchilik qilmoqda.
[gallery-10714]
Chempionat bahslarining standart yo‘nalishida 9 ta tur o‘ynaladi. Undan so‘ng, rapid va blits yo‘nalishlarida ham shaxmatchilar o‘zaro bahslarga kirishadi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari 4 mart kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA