Samarqand viloyati turizm sohasi vakillari poytaxtlik turoperatorlarga yangi xizmatlar va sayyohlik yo‘nalishlari taqdimotini o‘tkazish maqsadida Toshkentga keldi.
Taqdimot doirasida samarqandlik vakillar viloyat tarixi bo‘yicha qisqacha ma’lumot berdi, mashhur diqqatga sazovor joylar bilan bog‘liq qiziqarli faktlar haqida so‘zlab berdi va unchalik mashhur bo‘lmagan madaniy ob’ektlarni targ‘ib etishda ko‘maklashishlarini so‘radi.

Bu yerda shuningdek, yangi sayyohlik yo‘nalishlari, ekologik va gastronomik turizm imkoniyatlari namoyish etildi. Tadbir davomida doimiy ravishda rivojlanayotgan va yangilanayotgan zamonaviy turizm infratuzilmasiga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirgi kunda Samarqand viloyatida sayyohlarning hududda bo‘lishi va harakatlanishini imkon qadar qulay qilishga qaratilgan turistik loyihalar amalga oshirilmoqda. Mehmonxona va mehmon uylari sonining ortishi sog‘lom raqobatni yuzaga keltirib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining oshishiga sabab bo‘ladi. Endilikda mehmon uyini ochish va uni sayyohlar topib kelishi yoki tanlashini shunchaki kutib o‘tirishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Bunda shinamlik, qulaylik va o‘ziga xoslik ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Taqdimotdan so‘ng ishtirokchilar kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA