Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi boshlandi
Poytaxtimizdagi "Paxtakor" qilichbozlik sport saroyida qizlar o‘rtasidagi jahon kubogi musobaqasi boshlandi.
O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz qilichbozlik federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada Gruziya, Gonkong, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Ruminiya, Serbiya va O‘zbekistondan 50 nafar qilichbozlar o‘zaro raqobatlashmoqda.
Ma’lumot uchun, jahon kubogining bugungi bahslarida sablyachi qizlar yakkalik bahslarida medallar uchun kuch sinashadi. Jamoaviy bahslar esa ertaga 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA