Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon kubogi yakunlandi
08:51 / 2023-02-13

FOTOREPORTAJ

Avval xabar qilinganidek, poytaxtimizda o‘tkazilgan qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogi nihoyasiga yetdi.

Jahon reytingi uchun qimmatli ochkolar taqdim qiladigan bahslarda Italiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Gretsiya, Ozarbayjon, AQSH, Germaniya, Vengriya kabi dunyoning 20 davlatidan 158 nafar sportchining ishtiroki musobaqa nufuzining balandligini ko‘rsatib turibdi. Bellashuvlarda terma jamoamizning 19 nafar vakili qatnashdi.  

Ilk kungi saralash bahslarida Zaynab Dayibekova hamda Fernanda Errera keyingi bosqichda qatnashish huquqini qo‘lga kirita oldi.  Dastlab, Zaynab Dayibekova ukrainalik raqibasi ustidan 15:10 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo Fernanda turkiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Zaynabning 1/16 finaldagi raqibasi gretsiyalik Teodoro Gkuntora bo‘ldi. Hamyurtimiz qanchalik tirishmasin Teodoroga imkoniyatni boy berdi: 12:15. Bu natija bilan yakkalik bahslari nihoyasiga yetdi.  

[gallery-10553]

Jamoaviy bahslarda terma jamoamiz a’zolari Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Paolo Pliyego va Aysuluv Usnatdinova mamlakatimiz sha’nini himoya qildi. Gretsiyalik tengdoshlariga qarshi uchrashuvda qizlarimiz matonat va mahorat ko‘rsata oldi. 45:38 hisobida g‘alaba qozongan sablyachi qizlarimiz chorak finalga chiqish uchun vengriyalik sportchilar bilan bahsga kirishdi. Chorak finalga chiqish uchun bo‘lgan harakat o‘zini oqlamadi: O‘zbekiston-Vengriya 29:45.

Hamyurtlarimiz 9-o‘rin uchun bo‘lgan janglarda garchi Yaponiya, Ruminiya jamoalarini taslim etishgan bo‘lsada, ispaniyalik sablyachi qizlarga imkoniyatni boy berishdi. Natijada, Jahon kubogida 10-o‘rin bilan cheklanishdi.

Sablya bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon kubogining g‘olib va sovrindorlari:

1-o‘rin - Bolgariya,

2-o‘rin  - Ozarboyjon,

3-o‘rin - Janubiy Koreya.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA