Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda «Prezident kubogi» uchun shaxmat turniri start oldi
19:56 / 2025-12-04

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda  dunyoning 16 davlatidan 353 nafar yetakchi shaxmatchi ishtirok etayotgan nufuzli turnir boshlandi.  

Musobaqa ishtirokchilari uch guruh («Masters», «A», «B»)ga bo‘lingan holda o‘tkazilmoqda. Umumiy mukofot jamg‘armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etadigan «Prezident kubogi»da yoshlar, ayollar, faxriylar va o‘smirlar o‘rtasida ham alohida nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

[gallery-26569]

«Masters» guruhida jahon shaxmatining yetakchi vakillari — Nihal Sarin, Shant Sargsyan, Aleksandr Grishchuk, Frederik Sveyn kabi kuchli grossmeysterlar bilan birga o‘zbekistonlik Shamsiddin Vohidov, Abdumalik Abdusalimov, Muhiddin Madaminov ham sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bormoqda.

«Prezident kubogi» g‘olib va sovrindorlari 12 dekabr kuni aniq bo‘ladi.

Muhammad AMIN(surat),O‘zA