Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Pochta xavfsizligi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tmoqda
15:39 / 2024-05-14

Bugun poytaxtimizda Umumjahon pochta ittifoqining Elektron tijoratning operatsion samaradorligini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy loyihasi – Pochta xavfsizligi bo‘yicha ikkinchi seminari boshlandi.

13-16 may kunlari o‘tishi rejalashtirilgan mazkur seminarda  elektron tijorat xavfsizligini oshirish masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.  

Ushbu seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Turkmaniston davlarlari pochta xizmatlari vakillari hamda Umumjahon pochta ittifoqi va PostEurop vakillari qatnashmoqda.  

Seminarda milliy yo‘l xaritasi va harakatlar rejasi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda qatnashayotgan pochta operatorlarining xizmatlari sifatini baholash va sifatni yaxshilash uchun aniqlangan kamchiliklarni muhokama qilish,  yetkazib berishni elektron kuzatish kabi sohaga oid dolzarb mavzular muhokama qilindi.  

 

N.Rahmonova,  

O‘zA