Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “Pekin xalqaro rivojlanish guruhi biznes markazi” loyihalari taqdimoti o‘tkazildi
14:15 / 2025-12-04

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni Palata raisi maslahatchisi Alisher Shayxov qabul qildi. Suhbat davomida “Pekin xalqaro rivojlanish guruhi biznes markazi” rahbari Nyu Xaylun boshchiligida mamlakatimiz bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan 10 dan ziyod yirik kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Bu korxonalar raqamli texnologiya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari import-eksporti, sanitariya va obodonlashtirish, qayta ishlash, aylanma iqtisodiyot, umumiy ovqatlanish, elektron tijorat, go‘sht mahsulotlari ayirboshlash va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi muhim yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston tomonidan hozir bo‘lgan “Click”, “Oson”, “Go`sht” restoranlar tarmog‘i, “Tasty Point” MCHJ singari mahalliy kompaniyalar vakillari xorijlik hamkasblari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatini muhokama qildilar.

Xitoy markazi mas’ullari o‘z loyihalari bo‘yicha maxsus taqdimot o‘tkazdi. Ushbu kompaniya shahar infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat klasteri barpo etish va investitsiya jalb qilish bo‘yicha tayyor yechimlar ham taklif qildi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va bozor samaradorligini oshirishga qaratilgan integratsiyalashgan onlayn platforma imkoniyati ham namoyish etildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, investitsiya, eksport va import salohiyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Pekin xalqaro rivojlanish guruhi biznes markazi” o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

M. Pirmatova, O‘zA