Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda O‘zbekistonning eng kuchli bokschi qizlari aniqlanadi
10:31 / 2026-01-08

Bugun, 8 yanvar kuni poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boks bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar va o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari boshlanadi.

Kecha O‘zbekiston boks federatsiyasida mazkur birinchilik oldidan mandat komissiyasining yig‘ilishi, qur’a tashlash marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan 300 nafarga yaqin yosh bokschi qizlar o‘z vazn toifalarida bahs olib boradi.

Chempionatning 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar musobaqasida 130 nafarga yaqin ishtirokchi 10 ta vaznda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, o‘smir bokschi qizlar musobaqasida 150 nafardan ziyod charm qo‘lqop ustalari 13 ta vazndagi janglarda ringga ko‘tariladi.

Bugun kunning birinchi yarmida vazn o‘lchash tadbirlari tashkil etilsa, kuning ikkinchi yarmida saralashning dastlabki 51 ta juftligi ishtirokidagi janglar tashkil etiladi.

11 dekabrga qadar barcha vazn toifalarida saralash janglari, 12 dekabr kuni chorak final, 13 dekabrda yarim final va 14 dekabr kuni final janglari natijasida mamlakat chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA