Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy xalqaro anjumani bo‘lib o‘tmoqda
08:53 / 2024-02-28

Toshkent shahrida “O‘zbekiston va Xitoy: ikki xalq farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.

Tadbir asosiy tashabbuskorlar – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vahobov va Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi rahbari – Favqulodda va muxtor elchi Yuy Szyunning kirish so‘zi bilan ochildi. Notiqlar bugungi anjuman O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 23-25-yanvar kunlari Xitoyga davlat tashrifi, jumladan XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari natijalari muhokamasiga bag‘ishlanishini ta’kidlab, yetakchilar tomonidan imzolangan Qo‘shma bayonotda “Har qanday sharoitda keng qamrovli strategik sheriklik” o‘rnatilishi e’lon qilingani ikki tomonlama munosabatlarni misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarishga asosiy zamin ekanini qayd etdilar.

Dasturdan o‘rin olgan uchta muhim mavzudagi sessiyalar davomida ikki mamlakat ekspertlari tomonidan kun tartibidagi masalalar batafsil tahlil etilishi kutilmoqda.

G‘ayrat Xonnazarov,

Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA