Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “O‘zbekiston – Misr” to‘qimachilik forumi o‘tkazilmoqda
15:43 / 2022-05-31

Uz-Kor Textile Technopark binosida O‘zbekiston – Misr to‘qimachilik forumi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ko‘magida 25 nafardan ziyod Misr to‘qimachilik korxonalari vakillarining mamlakatimizga amaliy tashrifi uyushtirildi.

UzTextile-News ma’lumotiga ko‘ra, biznes-missiyaga Misr to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish uyushmasi raisi boshchilik qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, 30 may – 3 iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan tashrif doirasida  Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri to‘qimachilik sanoati salohiyati bilan tanishilmoqda. Har bir viloyatda va respublikamiz poytaxtida “V2V” shaklidagi uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidalshcha, O‘zbekiston – Misr to‘qimachilik forumi yangi bozorlarga chiqishga qulay imkoniyat taqdim etadi.

O‘zA