Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi
15:20 / 2023-03-16

Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Orela Bushez o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida qayd etildi.

Tadbir joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadi. Xususan, Fransiya Respublikasining savdo vaziri Oliver Besht boshchiligidagi Fransiyaning MEDEF International Tadbirkorlar harakati tarkibiga kiradigan kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. 

Tashrif dasturiga ko‘ra, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 9-yig‘ilishi va ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Parijga tashrifi doirasida umumiy qiymati 6 mlrd yevrodan ortiq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. 

 G. Abdullayeva tayyorladi, O‘zA