English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda O‘zbekiston – BAA biznes forumi bo‘lib o‘tdi
11:07 / 2024-10-16

Abu Dabi Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning ushbu arab davlatidagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbari o‘rinbosari Dilshod Rasulov, Abu Dabi SSP raisining birinchi o‘rinbosari Ali Said bin Harmal Ol Zohiriy, BAA Savdo-sanoat palatalari Federatsiyasi bosh kotibi Humayd Bin Salim, tegishli vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari, shuningdek 200 ga yaqin ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi. 

D.Rasulov ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona va birodarlik munosabati jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, mazkur anjuman hamkorlik ko‘lamini kengaytirish uchun yana bir imkoniyat ekanini ta’kidladi. Sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning hal qiluvchi omili sifatida ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalasi tadbirning asosiy mavzusi bo‘ldi. 

Dasturga muvofiq, investitsiya jalb qilishning istiqbolli yo‘nalishlari, ustuvor tarmoqlarda mamlakatimiz sarmoyaviy salohiyati va tayyor loyiha takliflari aks ettirilgan taqdimotlar o‘tkazildi. 

Bugungi kunda yurtimizda BAA sarmoyasi ishtirokida faoliyat yuritayotgan 320 dan ziyod biznes sub’ektining 120 tasi qo‘shma, 200 dan ortig‘i xorijiy korxona. 

Uchrashuvda sanoat, innovatsiya, ta’lim, turizm, transport-logistika, to‘qimachilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalaridagi istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi. Xorijlik ishbilarmonlar bilan V2V formatda muzokara o‘tkazildi. 

Tashrif doirasida BAA delegatsiyasi mamlakatimizning tegishli vazirlik, idoralarida uchrashuvlar o‘tkazishi, erkin iqtisodiy zonalar va sanoat hududlari, ishlab chiqarish korxonalariga borishi kutilyapti. 

M.Pirmatova, O‘zA