Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda o‘tkazilgan musobaqada vetnamlik polvonlar ham gilamga chiqdi
20:30 / 2022-03-27

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “Aviasozlar” tennis sport majmuasida kurash bo‘yicha Yashnobod tumani prokurori sovrini uchun xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa Yashnobod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi hamkorligida uyushtirildi. Unda bolalar (36 kg, +44 kg), o‘smirlar (46 kg, 60 kg, 71 kg), qizlar (44 kg), kattalar (erkaklar 66 kg, 81 kg, ayollar 57 kg, +70 kg) jami o‘nta vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga tushdi. Musobaqada Vetnamdan kelgan to‘qqiz nafar polvonning ishtirok etganligi har bir uchrashuvning murosasiz va shiddatli kechishini ta’minladi. 

Yakunda o‘z vazn toifalarida Ibrohim Jovliyev (36 kg), Lutfullo Akbarov (+44 kg), Ovil Shavkatov (46 kg), Xushnud Boboqulov (60 kg), Murodil Turg‘unov (71 kg), O‘g‘iloy Umaraliyeva (44 kg), Qobil Ahmedov (66 kg), Javohir Safarov (81 kg), Nguyen Txan Tram  (Vetnam, 57 kg), Tran Txi Txan Tuy (Vetnam, +70 kg)lar shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldilar.

G‘olib va sovrindorlarni Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Elbek Inomjonov, Yashnobod tumani sektor rahbarlari munosib taqdirladi. Shuningdek, Vetnam kurash sport delegatsiyasi vakillariga Toshkent shahar prokuraturasi va shahar kurash federatsiyasining maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.

Turnirning barcha g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

36 kg

1. Ibrohim Jovliyev;
2. Saidakbar Hayitov;
3. Ibrohim Abdug‘afforov; 
3. Ibrohim Ochilov.

+ 44 kg

1. Lutfullo Akbarov; 
2. Po‘lat Egamberdiyev; 
3. Afzalshoh G‘aybullayev; 
3. Husan Umurzoqov. 

46 kg

1. Ovil Shavkatov; 
2. Jamshid Yo‘ldoshev;
3. Husan Ergashev; 
3. Diyorbek Xo‘jayev.

60 kg

1. Xushnud Boboqulov;
2. Samandar Sunnatov;
3. Murod Fayziboyev;
3. Eldor Rustambekov.

71 kg

1. Murodil Turg‘unov;
2. Laziz Asqarov;
3. Hoji  Zafarov;
3. Kamron Xaliljonov.

44 kg

1. O‘g‘iloy Umaraliyeva;
2. Ra’noxon Murodova;
3. Fotima Umrzoqova;
3. Dilnavoz Abduvahobova.

66 kg

1. Qobil Ahmedov; 
2. Vu Ngol San;
3. Xurshid Choriyev;
3. Hasan Yusupov.

81 kg

1. Javohir Safarov;
2. Boymurod Ergashev;
3. Sangak Tojiboyev;
3. Abdusamad Abdulazizov.

57 kg

1. Nguyen Txan Tram; 
2. Sitora Elmurodova; 
3. Odina Abdullayeva;
3. Nguyen  Txi Tuyet Xan.

+ 70 kg

1. Tran Txi Txan Tuy;
2. Ravzaxon Adasheva; 
3. Umida Negmatova;
3. Mashhura Sunnatullayeva.
 



Muhammad AMIN (surat),O‘zA