English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda ot sporti bo‘yicha Yevroosiyo ligasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
18:31 / 2023-04-22

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida konkur bo‘yicha Jahon kubogi Yevroosiyo ligasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Yevroosiyo ligasiga a’zo Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston kabi 11 mamlakatning sara chavandozlari g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

[gallery-11561]

CSI1*-W tasnifidagi musobaqaning birinchi kunida sportchilar 120 sm. va 130 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tish yo‘nalishida o‘zaro bellashdi. Ahamiyatlisi, balandligi 120 santimetrni tashkil etgan to‘siqlarni zabt etishda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev g‘alaba qozondi. Shuningdek, 130 santimetrli to‘siqlarda qirg‘izistonlik Andrey Tryapitsin eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa 30 aprelga qadar davom etadi.  

Muhammad AMIN (surat), O‘zA