Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Osiyo va jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi
11:55 / 2023-05-15

FOTOREPORTAJ

13-14 may kunlari poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan mamlakat an’anaviy karate-do federatsiyasi hamda qator vazirlik-idoralar, tashkilotlar bilan hamkorlikda an’anaviy karate-do sport turi bo‘yicha Osiyo va jahon kubogi musobaqalari o‘tkazildi.

[gallery-11873]

 9 ta davlatdan 200 nafar sportchi ishtirokida o‘tgan Osiyo kubogi bahslarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlar Turkmaniston va Tojikiston jamoalariga nasib etdi.

 Jahon kubogi bellashuvlari g‘oyat keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Unda g‘oliblikni Isroil davlati sportchilari egallagan bo‘lsa, Litva va chexiyalik sportchilar 2- va 3-o‘rinlarga loyiq topildi. Mamlakatimiz sportchilariga esa bu borada ozgina izlanishlari, o‘z ustlarida tinmay ishlashlari zarurligi sezilib qoldi. Hamyurtlarimiz polshalik sportchilardan keyin 5-o‘rin bilan cheklandi.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA