Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boshlandi
Qit’amizning 45 mamlakatidan Milliy Olimpiya qo‘mitalari va xalqaro sport ekspertlari ishtirokida o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli anjuman Yangi O‘zbekistonning yirik xalqaro tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish va o‘tkazish salohiyatini yana bir bor namoyon etmoqda.
Ayni damda, Osiyo Olimpiya kengashi a’zolari tomonidan turli masalalar ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur 46-Bosh assambleya yig‘ilishida Osiyo olimpiya kengashi prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
[gallery-27301]
Eslatib o‘tamiz, 2022 yili Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi yuqori darajada tashkil etilgandi.
Javohir TOSHXO‘JAEV,
To‘lqin RO‘ZIEV,
Alimurod MAMADAMINOV(surat),
O‘zA