Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda
14:43 / 2024-02-02

Bugun poytaxtimizda Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining Ijroiya kengashi yig‘ilishi tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jolud, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Shahrullo Mahmudov Toshkentda boshlanayotgan qit’a chempionatining xalqaro maydondagi ahamiyati, musobaqalar sportchilar uchun "Parij-2024" Olimpiadasining reyting ochkolarini taqdim etishdagi o‘rni xususida o‘z fikrlarini bildirdi.  

Yig‘ilishda kengash a’zolari yakunlangan 2023 yilgi moliyaviy hisobotlar, 2023 yil uchun ichki hisobot va 2024 yilgi byudjet masalalari, shuningdek, strategik rejani yangilash, o‘tgan vaqt mobaynida Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi hamda tashkilotga a’zo milliy federatsiyalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobini muhokama qildi.  

Bundan tashqari, "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etuvchi Toshkentdagi Osiyo chempionati hamda Tailandda bo‘ladigan jahon kubogiga tayyorgarlik ishlari haqida so‘z bordi.  

Bugun, shuningdek, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi kongressi ham o‘tkaziladi.  

T. Ro‘ziyev. O‘zA