Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda o‘qiyotgan andijonlik talabalar uchun qulaylik
12:05 / 2022-12-22

Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning og‘irini yengil qilishga qaratilgan ishlar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Xususan, Andijon viloyati Transport boshqarmasining ibratli va xayrli tashabbusi ana shu yo‘nalishdagi ishlarga yorqin bir misoldir.

Boshqarma tashabbusi bilan Toshkent shahrida tahsil olayotgan bir guruh talaba yoshlar Andijonga bepul olib kelinadi.  

– Yangi yil bayrami oldidan Toshkent – Andijon poyezdiga bilet topish ancha qiyin bo‘ladi, avtomashinada qaytish uchun esa bayram arafasida yo‘lkira birmuncha qimmat bo‘lib ketadi, – deydi Andijon Transport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Mashrapov. – Bu ayniqsa, talabalarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Ana shundan kelib chiqib, talablarga qulaylik yaratish, ularga ko‘maklashish maqsadida ushbu xayrli ishga qo‘l urdik. Boshqarma boshlig‘ining ta’kidlashicha, Toshkent shahrida tahsil olayotgan, yangi yil bayrami va qishki ta’tilni o‘tkazish uchun uylariga keladigan andijonlik talabalarni olib kelish maqsadida 25 ta avtotransport vositasi ajratiladi.  

Bundan tashqari, imkon qadar ko‘proq talabalarni olib kelish uchun yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtomobil egalarini ushbu xayrli ishga qo‘shish taklifi bildirildi. Avtomashinalar 27 dekabr seshanba kuni poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi oldidan soat 12.00 da Andijonga jo‘naydi. Toshkent shahrida tahsil olayotgan andijonlik talabalar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.  

F.UBAYDULLAEV,  

O‘zA