FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqa “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qilishi bilan ham yanada ahamiyatlidir. Marosimda so‘zga chiqqan rasmiylar buni alohida ta’kidlashdi. Tadbirda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Jalud hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov so‘zga chiqdi.
MOQ raisi musobaqani rasman ochiq deb e’lon qilgach, davlatimiz madhiyasi yangradi. O‘zbek jang san’ati fidoyilari ishtirokidagi ko‘rgazmali chiqishdan so‘ng marosimning badiiy qismiga navbat berildi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi harbiy orkestri ko‘tarinki kayfiyatda boshlab berdi. Badiiy jamoalar raqqosalari, milliy kuy va qo‘shiqlar muxlislar e’tiboriga havola etildi.
Bugun ayollar o‘rtasida -49 kg. vazn toifasida Osiyo chempionatining ilk g‘olib va sovrindorlari aniqlab olinadi. Hamyurtlarimizning ishtiroki esa ertaga boshlanadi.
[gallery-2078]
O‘zA fotomuxbiri
Muhammad AMIN olgan suratlar