Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda OCA prezidentligi uchun saylovlar o‘tkaziladi
12:06 / 2026-01-22

Joriy yilning 24-27 yanvar kunlari poytaxtimiz Toshkentda o‘tadigan Osiyo olimpiya kengashi(OCA)ning navbatdagi 46-Bosh assambleya yig‘ilishida ishtirok etish uchun qit’aning 45 ga yaqin mamlakatidan 350 nafardan ziyod sport rahbarlari, o‘nlab xalqaro sport tashkilotlarining mutasaddilari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ijroqo‘m a’zolari O‘zbekistonga keladi.

Mazkur 46-Bosh assambleya yig‘ilishida Osiyo olimpiya kengashi prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Assambleya tadbirlari doirasida qator xalqaro sport tashkilotlarining ijroiya qo‘mita yig‘ilishlari yurtimizda o‘tkaziladi.

Shu kunlarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda Osiyo olimpiya kengashining bir guruh vakillari yurtimizda ushbu tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish borasida ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yili Toshkent Osiyo olimpiya kengashi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishini yuqori darajada tashkil etgandi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA