Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Oʻzbek jang sanʼati boʻyicha tarixda ilk bor Osiyo chempionati oʻtkaziladi
15:15 / 2020-02-22

Maqsad bitta - Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, milliy sport turlarini xalqaro miqyosga koʻtarish


Maqsad bitta - Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, milliy sport turlarini xalqaro miqyosga koʻtarish

Joriy yilning 17-19-aprel kunlari Toshkent shahrida Oʻzbek jang sanʼati boʻyicha tarixda ilk bor Osiyo chempionati oʻtkaziladi, deya xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Musobaqada qitʼamizning 10 dan ziyod mamlakatlaridan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Turnir poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” sport majmuasida boʻlib oʻtadi. Shuningdek, ushbu musobaqa doirasida yangi tashkil qilinayotgan Osiyo Oʻzbek jang sanʼati federatsiyasining taʼsis majlisi ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbek jang sanʼati sport turi 2009-yil 14-aprel kuni Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, buyuk sohibqiron Amir Temur askarlari aynan mana shu jang sanʼati bilan shugʻullanishgan. Oʻzbekiston Oʻzbek jang sanʼati federatsiyasi ushbu sport turini “YUNESKO” nomoddiy-madaniy meroslar roʻyxatiga kiritish yoʻlida amaliy saʼy-harakatlar olib bormoqda.