Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda MTTlar soni ortmoqda
11:04 / 2026-01-14

Poytaxtimizdagi Yuqori Darxon mahallasida ijtimoiy soha ob’ektlarini rivojlantirish investitsiya dasturi doirasida yangidan qurilgan 54-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi.

Muassasaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova, mahalla faollari, nuroniylar, ota-onalar ishtirok etib, yangidan foydalanishga topshirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining imkoniyatlari to‘g‘risida gapirib, eng so‘nggi uslubda jihozlangan xonalarni ko‘zdan kechirdi.

Uch qavatli zamonaviy inshoot 270 nafar bolani qamrab oladi. Bog‘chada mashg‘ulotlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, yozgi o‘yin maydonchalari, sport va musiqa zallari hamda zamonaviy oshxona mavjud.

Yangidan barpo etilgan ushbu ta’lim maskani mahallada maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA