Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda mohir chavandozlar bellashdi
09:50 / 2024-05-06

Poytaxtimizdagi «Universal horses stable» majmuasi ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha bir qator nufuzli musobaqalarga mezbonlik qildi.

Dastlab, "Davlat soliq xizmati kubogi" turnirining 130 sm balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda hamyurtlarimizdan Mariya Dushchenko, «La-luna» oti bilan kumush, Akbar Sharipov esa «Affir» laqabli otida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

"O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi" kubogida esa aynan 130 sm to‘siqlardan oshishda Akbar Sharipov «Affir» laqabli oti bilan birinchi bo‘ldi. Bekzod Qurbonov esa «Paris» laqabli oti bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA