Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “Milliy libos-millat ramzi” ko‘rgazmasi ochildi (+video)
19:58 / 2023-03-03

Xalqimiz orasida “Kiyimiga qarab kutib olinadi, odobiga qarab kuzatiladi” degan naqlga bejizga amal qilinmaydi. Sababi, liboslar insonlarning tabiiy va estetik ehtiyojlarini qondirishi barobarida, uni kiygan insonning didi, xarakteri, ma’lum bir millatning urf-odatlari, ijtimoiy munosabatlar, mafkuraning ba’zi bir elementlari, diniy e’tiqod, nafosat hamda estetik normalarni o‘zida aks ettiradi. Bundan tashqari, insonlarning kiyimlarida ular yashagan joy va zamon, hayotiylik, quvonchli yohud qayg‘uli voqealar ham aks etishi mumkin.

Qolaversa, har bir xalqning o‘ziga xos kiyinish uslubi va qadriyatlari mavjud bo‘lib, uni asrab avaylash va kelajak avlodga meros qilib qoldirish o‘z tarixini hurmat qiladigan har bir millatning oliy vazifasi hisoblanadi.  

Ushbu ezgu tamoyillar asosida, joriy yilning 2 mart kuni O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida “Milliy libos-millat ramzi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.  

Tadbir O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, Yakkasaroy tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Yunus Rajabiy MFY xamda “Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizaynerlar uyushmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Madaniy-ma’rifiy tadbiri doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada XIX–XX asrlarda Toshkent-Farg‘ona, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm, Qoraqalpoq  hududlarida urf bo‘lgan  milliy liboslar,  avloddan-avlodga o‘tib, bizgacha yetib kelgan muzey eksponatlaridan olingan nusxalar, Toshkent–Farg‘onaning asl beqasamlaridan tayyorlangan choponlar, Samarqand-Buxoroning noyob zarhal to‘nlari, Surxondaryo-Qashqadaryo uslubiga xos rang-barang yorqin liboslar namoyish etildi.  

Ayrim hududlarning zargarlik buyumlari esa o‘tgan davrlar ruhiyatini o‘zida aks ettirgan.  

Ko‘rgazma joriy yilning 2 aprel sanasiga qadar davom etadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GyYAvODyL3E" title="Toshkentda “Milliy libos-millat ramzi” ko‘rgazmasi ochildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov, O‘zA