Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya olimpiya qo‘mitalari rahbarlarining mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tmoqda
15:02 / 2021-11-02

Poytaxtimizdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Boltiqbo‘yi va Gruziya olimpiya qo‘mitalari rahbarlarining mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

 Mazkur forumni o‘tkazishdan maqsad MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya davlatlari o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda olib borilayotgan hamkorlikni sport yo‘nalishida yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va birgalikda taraqqiy etishning yangi rejalarini muhokama qilishdir.

[gallery-4519]

Forumda mintaqaning 14 mamlakatidan 34 nafar delegat ishtirok etmoqda. Ular orasida bir nechta MOQ prezidentlari, Bosh kotiblari, yaqin o‘tmishda nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindorlari ham bor.

 

Muhammad AMIN (surat), O‘zA