English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda mashina olib qochilishi ko‘paydimi?
17:24 / 2019-08-22

Toshkent ko‘chalari O‘zbekiston bo‘yicha nisbatan avtomobil qatnovi zich bo‘lgan shaharlardan.


Toshkent ko‘chalari O‘zbekiston bo‘yicha nisbatan avtomobil qatnovi zich bo‘lgan shaharlardan. So‘nggi vaqtlarda poytaxtda avtomobil olib qochilishi holatlari ko‘proq kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda mashina olib qochish ko‘paymagan va aksincha, 19.05 foizga kamaygan. Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvardan iyul oyigacha poytaxtda 17 ta mashina olib qochish holati kuzatilgan. 2018 yilda esa, aynan shu muddat ichida 21 ta ulovlarni olib qochilgani aniqlangan. O‘zbekistonda mashina olib qochish holati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi bo‘yicha 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.