Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng baland attraksion va butunjahonga mashhur ekstremal shouning analogi yaratiladi
11:03 / 2019-12-12

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatning tashkiliy choralar qismiga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan musiqa va raqs festivallari reja-jadvali ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning eng baland “Bandji-djamping” (arqonda sakrash) attraksioni barpo etiladi. Bu vazifani amalga oshirish Toshkent shahar hokimligi (J.Ortiqxo‘jaev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A.Aqqulov) zimmasiga yuklatiladi.

Shuningdek, Toshkentda butunjahonga mashhur bo‘lgan “Intervilles” (Fransiya) kabi ekstremal shouning analogi ham tashkil etiladi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun mas’ullar – Toshkent shahar hokimligi (J.Ortiqxo‘jaev), MTRK (A.Xodjaev).

Bundan tashqari, mutasaddilarga turizm mavsumi past davrda Guliston shahrida “Cybersport” (elektron o‘yinlar sporti) yo‘nalishida turli xalqaro musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar jadvalini ishlab chiqish hamda amalga oshirish vazifasi yuklatiladi.