Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda koronavirusga chalingan 48 yoshli bemor vafot etdi
09:41 / 2020-07-17

Yunusobod tumanida yashagan 48 yoshli fuqaro T.Yo. (erkak) tana haroratining koʻtarilishi sababli namuna topshirgan.


Yunusobod tumanida yashagan 48 yoshli fuqaro T.Yo. (erkak) tana haroratining koʻtarilishi sababli namuna topshirgan. Joriy yil 29-iyun kuni unda “COVID-19” aniqlangan va yoʻtal, hansirash belgilari kuchayganligi sababli Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Unga miokard infarkti, “COVID-19” infeksiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻng oʻpka spontan pnevmotoraksi, nafas yetishmovchiligi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Tekshiruvlar bemorda avvaldan bronxial astma kasalligi mavjud boʻlganini koʻrsatgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar oʻtkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Soʻnggi kunlarda shifokorlar tomonidan standartlar asosida amalga oshirilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor oʻtkir miokard infarkti, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi