Toshkentda kikboksing bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmui”da kikboksing bo‘yicha “Uzbekistan open” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan musobaqada 22 mamlakatdan 2 mingga yaqin mohir kikboks ustalari o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazishyapti. 10 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan sportchilar kikboksingning point fighting, lite contact, kik lite, lou kik, ful contact, K1 yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashmoqda.
Turnir davomida professional janglar ham o‘tkaziladi. Bugun kech soat 18:00 da 4 nafar sportchimiz g‘oliblik uchun ringga ko‘tariladi.
[gallery-7834]
Muhammad AMIN (surat),O‘zA