Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda karate-do bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatidan fotoreportaj
22:10 / 2024-03-24

Bugun poytaxtimizdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuida karate-do bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Bolalar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan chempionatda 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Musobaqa o‘tkazilishidan asosiy maqsad, mahoratli sportchilarni aniqlab, ularni milliy terma jamoa safiga biriktirish edi. Maqsadga erishildi.  

Kun davomida o‘tkazilgan sinovlardan so‘ng, chempionatning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.  

Toshkent shahri jamoasi barcha yosh toifalarida g‘oliblikni tantana qildi. Muhammad Yusuf Faxriddinov, Abdulaziz Mamadiyev, Saidakbar Shuhratov, Abdullox To‘xtaboyev, Abdurahmon To‘xtaboyev, Abduqodir Abduqodirov kabi mohir karatechilar g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

[gallery-16577]

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan medal va diplom bilan taqdirlandi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA