Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda jahonga mashhur “Starbucks” qahvaxonalari tarmog‘i ochiladi
12:57 / 2020-01-22

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev “Alshaya Group” kompaniyasining mintaqaviy vakili Nenji Menxotra bilan uchrashdi.


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev “Alshaya Group” kompaniyasining mintaqaviy vakili Nenji Menxotra bilan uchrashdi. 

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, muloqot davomida Toshkent shahar hokimi yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qulay investitsion muhit xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilayotganligini ta’kidlagan.

Kompaniyaning mintaqaviy vakili Nenji Menxotra Toshkent shahri hududida 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarni qurish loyihasiga katta qiziqish bildirgan.

“Xorijiy tomon yaqin besh yilga mo‘ljallangan demografik o‘sish ko‘rsatkichlariga asoslanib, shahar infratuzilmasi va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Poytaxt hokimi J.Ortiqxo‘jaev mehmonlarga Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy, investitsion hamda turistik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, xorijiy tomon “Starbucks” qahvaxonalari tarmog‘i va mehmonxonalarni ochish loyihasini amalga oshirish uchun zaruriy hujjatlarni tayyorlashi haqida ma’lumot berdi“, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun: Alshaya Group – chakana franshizaning yetakchi xalqaro operatori bo‘lib, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Rossiya, Turkiya va Yevropada 90 ta iste’mol brendlariga hamda ko‘chmas mulk, qurilish, mehmonxonalar, avtomobil va umumiy savdo sohasida xoldinglarga egalik qiladi.