Toshkentda Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Poytaxtimizdagi qilichbozlik sport majmuasida rapira bo‘yicha yoshlar o‘rtasida ahon kubogining navbatdagi bosqichi start oldi.
Musobaqaning birinchi kunida yigit va qizlarimiz yakkalik bahslarida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda hamyurtimiz Radmir Semeneyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bugungi bahslarda qizlarimizga omad kulib boqmadi. Rapirachilarimiz chorak finalgacha bo‘lgan bahslardagina muvaffaqiyatli ishtirok eta oldilar.
Ertaga Jahon kubogi bosqichida jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tadi.
[gallery-14869]
O‘zA fotomuxbiri Muhammad AMIN olgan suratlar.