English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda jahon kino san’ati musiqiy durdonalari ijro etildi
16:55 / 2023-04-10

Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kino saroyida Qirg‘iziston estrada-simfonik orkestrining “Eng yaxshi kinofilmlardan eng yaxshi kuylar” nomli konsert bo‘lib o‘tdi.

Dasturda “Qasoskorlar”, “Dyuna”, “Galaktika qo‘riqchilari”, “Karib dengizi qaroqchilari”, “Buyuk Getsbi”, “Interstellar”, “Taxtlar o‘yini”, “Tinch okeani dahshati” kabi jahon kinematografiyasining shoh asarlaridan musiqiy kompozitsiyalar ijro etildi.

Tadbirda Yuliya Ostapenko rahbarligidagi “Liberty” kamer orkestri ham ishtirok etdi.

Qirg‘iziston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanboyev “Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan mazkur tadbir ramziy va tarixiy ahamiyatga ega” ekanini ta’kidladi.

O‘zA