English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishi boshlandi
13:57 / 2021-09-02

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishni ITB Boshqaruvchilar kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ochdi.

An’anaga ko‘ra, tadbir avvalida raislik qiluvchi davlat madhiyasi va Qur’on oyatlari yangradi.

Shundan so‘ng davlatimiz rahbari anjumanda nutq so‘zladi.

– Bankning yillik anjumani Toshkentda o‘tkazilishi o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Biz buni O‘zbekistonning islom dunyosi rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, mamlakatda so‘nggi besh yilda olib borilayotgan izchil islohotlarning e’tirofi, deb hisoblaymiz.

O‘zbek xalqining buyuk ajdodi, butun musulmon olamining ulug‘ namoyandasi   Imom Buxoriy hazratlari jamlagan “Sahihi Buxoriy” kitobida zikr etilgan hadisi sharifda aytilganidek,  “Albatta, amallar niyatga bog‘liqdir”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz barchaning xolis niyati va Yaratganning marhamati bilan bugun Islom taraqqiyot banki guruhining yillik uchrashuvi jonli ravishda o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

- Mazkur tadbir pandemiya boshlangandan beri dunyodagi xalqaro moliyaviy institutlar orasida birinchi bo‘lib tashkil etilgan nufuzli anjumandir. Menga berilgan ushbu qulay imkoniyatdan foydalanib, Islom taraqqiyot bankining  barcha a’zo davlatlari vakillari nomidan  Muhammad Al-Jassir janoblarini Bank prezidenti lavozimida ish boshlagani bilan muborakbod etaman, - dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz yurtimiz bilan hamkorlik ITBning yangi prezidenti faoliyatining muhim qismiga aylanishiga ishonch bildirdi.

 

O‘zA