Toshkentda ikkinchi yong‘in yuz berdi
Bugun, 18 sentyabr kuni soat 10:01 da Uchtepa tumani ko‘chasida joylashgan Tikuvchilik korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Avvalroq, sexlardan biri yonib ketgan bo‘lsa, endi tikuvchilik korxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in qutqaruv ekipajlari manzilga soat 10:05 da yetib borgan. Yong‘in soat 10:17 da qurshab olinib, soat 10:31 da batamom o‘chirilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA