Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi
18:09 / 2025-11-02

Keyingi yillarda mamlakatimizda ko‘plab xorijiy davlatlar bilan ta’lim sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani sohadagi ilg‘or tajribani o‘zlashtirish, o‘qitish sifatini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Poytaxtimizda tashkil etilgan Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumining rasmiy ochilish marosimi buning yana bir amaliy tasdig‘idir.  

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri Xuay Szinpen hamda mas’ullar ishtirok etdi.

Shuningdek, forumda Xitoyning turli oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar markazlari vakillari, O‘zbekistondan 160 dan ortiq ta’lim tashkilotlari vakillari qatnashmoqda.  

Tadbir davomida  ikki davlat o‘rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida hamkorlik xususida batafsil so‘z yuritildi.  

Shu bilan birga ta’lim jarayoniga sun’iy intellektni joriy etish, ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Talabalar ishtirokida milliy madaniyatimiz va urf-odatlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma hamda universitet binosida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

N.Usmonova, O‘zA muxbiri