Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “III MAKON Marketing Forum 2021” biznes forumi bo‘lib o‘tdi
07:40 / 2021-05-23

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi hamkorligida o‘tkazilgan forumda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Gruziyadan ekspertlar, marketologlar va yirik kompaniyalarning top-menejerlari ishtirok etdi.

“MAKON Marketing Forum 2021” mamlakatimiz sharoitida bozorni o‘rganish, ishlab chiqarishdagi tajribalar va mahsulotlarni xalqaro maydonga tatbiq etishda katta rol o‘ynaydi.

Forum doirasida AKFA Group bosh direktori Komron G‘ulomov, Murad Buildings asoschisi Murod Nazarov va mamlakatimizdagi eng yirik chakana tarmoqlar, jumladan, korzinka.uz, makro, Baraka Market rahbarlari marketingni rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari haqida o‘z tajriba va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.

– MAKON Marketing Forum yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Bundan asosiy maqsad shuki, chet ellik ma’ruzachilar marketing bo‘yicha marketologlarimiz va tadbirkorlarimizga sohaning muhim yutuqlarini o‘rgatishdir. Shu bilan birga O‘zbekistonda professional marketing maydonini yaratish ham oldimizga qo‘yilgan katta vazifalardan biri hisoblanadi”, – dedi O‘zbekiston Marketing uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.

Forumda xorijlik mutaxassislar tomonidan marketing usullaridan foydalanish, korxona manfaatlarini jamiyat turmush tarzi bilan birlashtirish hamda iqtisodiyot taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv dasturlarini faqat bozor mexanizmi orqali amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida qiziqarli ma’ruzalar taqdim qilindi.

Biznes forum yakunida “2020 yil brendi” mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA