Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda II Xalqaro musiqali teatrlar forumi o‘tkazilmoqda
10:45 / 2024-04-28

Poytaxtimizda O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrining 50-yilligiga bag‘ishlangan "Operetta.uz" II Xalqaro musiqali teatrlar forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Aytish kerakki, "Operetta.uz" I Xalqaro musiqali teatrlar forumi 2022-yilning 20-23-aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan edi.

Bu yilgi forumda Ozarbayjon, Belarusiya, Rossiya va Qozog‘istondan kelgan vakillar ishtirok etmoqda.  

Forum qatnashchilari orasida rejissyorlar, teatr xoreograflari, ijodiy jamoa va yetakchi sahna ustalari bor.  

Mazkur ijodiy loyiha doirasida xorijdan kelgan teatr jamoasi va san’atkor yurtdoshlarimiz ishtirokida spektakllar namoyishi va katta gala konsert o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston davlat Musiqali komediya (Operetta) teatrining 50-yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan forumdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va yaqin xorij hamda MDH davlatlari musiqali teatrlari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, musiqali teatr san’atini yanada rivojlantirish, xalqaro munosabatlar hamda o‘zaro tajriba almashish, gastrol safarlari uyushtirish ko‘zda tutilgan.

Forumda teatr arboblari, san’atshunoslar va OAV vakillari bilan uchrashuvlar tashkillashtirilib, musiqali teatrlar faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish kabi masalalar ko‘rib chiqilayapti.

N.Usmonova, O‘zA