Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “Hotel Business Forum – 2024” bo‘lib o‘tadi
17:25 / 2024-02-15

Joriy yilning 29 fevral-1 mart kunlari poytaxtimizdagi “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida “Hotel Business Forum – 2024” beshinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.

Unda xorijiy ekspertlar, mehmonxona biznesi va mehmonxona provayderlar tizimi vakillari, turoperatorlar hamda marketologlar jam bo‘ladi. 

Joriy yilgi forum O‘zbekistonda mehmondo‘stlik sanoatini rivojlantirishning global g‘oyalariga bag‘ishlanadi. Dasturdan turli mavzulardagi yalpi va panel sessiyalari o‘rin oladi. Ularda mehmondo‘stlik sohasidagi yashil texnologiyalar, franshizada sarmoyalarning rentabelligi, mehmonxona sanoatida ITning roli, xizmatlarni raqamlashtirish va mehmonxona sanoati uchun kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilinadi. O‘zbekiston Milliy mehmondo‘stlik mukofotini topshirish marosimi ham aynan shu yerda bo‘lib o‘tadi. Mehmondo‘stlik sanoatidagi eng yaxshi korxonalarni aniqlashga xizmat qiladigan ushbu yirik loyiha mamlakatimizning sayyohlik jozibadorligini oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan. 

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA