Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda havo sifati qanday?
12:30 / 2026-03-04

So‘nggi yillarda atmosfera havosi sifati jamoatchilik e’tiboridagi eng muhim masalalardan biriga aylandi. Ayniqsa, yirik megapolislarda ekologik holatni doimiy monitoring qilish va aholini xolis ma’lumotlar bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu nuqtai nazardan, Toshkent shahrida havo sifati bo‘yicha navbatdagi rasmiy ma’lumotlar e’lon qilindi.

Joriy yil 4-mart kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga asosan Toshkent shahrida havo sifati belgilangan me’yorlar doirasida ekani qayd etildi.

Asosiy ko‘rsatkichlar PM10-mayda dispersli zarrachalar miqdori — 69 mkg/m³,  ruxsat etilgan me’yor — 300 mkg/m³.  Mazkur ko‘rsatkich belgilangan sanitar me’yordan ancha past.

PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori — 59 mkg/m³. Ruxsat etilgan me’yor — 60 mkg/m³. Bu ko‘rsatkich ham belgilangan me’yordan oshmagan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, PM10 va PM2,5 kabi mayda zarrachalar havo sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi. Ular inson salomatligi, ayniqsa nafas yo‘llari va yurak-qon tomir tizimi uchun muhim ahamiyatga ega.

Avtomatik stansiyalar orqali doimiy monitoring olib borilishi shaharda ekologik vaziyatni nazorat qilish, zarur hollarda tezkor choralar ko‘rish va aholini o‘z vaqtida xabardor qilish imkonini beradi.

4-mart holatiga ko‘ra qayd etilgan ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida atmosfera havosi sifati belgilangan me’yor doirasida ekanini ko‘rsatmoqda. Bu esa shahar aholisi uchun nisbatan qulay ekologik sharoit saqlanayotganidan dalolat beradi.

Mutaxassislar havo sifati bo‘yicha ma’lumotlarni muntazam kuzatib borish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlamoqda.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA