Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi keskin choralar ko‘rish boshlandi
11:08 / 2025-11-25

Yarim tunda issiqxonalarga reyd uyushtirildi.

So‘nggi kunlarda Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi keskin oshgani aholi o‘rtasida jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.

Mavjud vaziyatni bartaraf etish maqsadida Administratsiya rahbari topshirig‘iga binoan Ekologiya mutasaddilari hamda huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan Toshkent viloyati va Toshkent shahrida keng ko‘lamli reyd tadbirlari boshlab yuborildi.

Reydlar davomida havo sifati monitoringi, havo ifloslanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Ekologik me’yorlarni buzayotgan issiqxonalar, turli xil pechlar va havoga zararli moddalar chiqarayotgan korxonalar faoliyati Ishchi guruh tomonidan tekshirilmoqda.

Atmosfera havosini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ekologik harakat boshlangan.

O‘zA