French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda harbiylar o‘rtasida xalqaro kurash turniri o‘tkaziladi
10:27 / 2026-03-04

O‘tgan yil may oyida milliy sportimiz kurash Xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) tizimidagi sport turlari qatoridan joy olgani rasman tasdiqlangandi.

Ushbu qarordan so‘ng hamda olib borilgan muzokaralar natijasida joriy yilning 4-9-sentabr kunlari CISM taqvim rejasiga muvofiq Xalqaro harbiy sport kengashiga a’zo davlatlar ishtirokida Toshkent shahrida ilk bor “CISM Kurash Challenge Cup” musobaqasi tashkil etilishi belgilandi.

Kuni kecha poytaxtimizda joylashgan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi qarorgohida mazkur musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish, xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish, sport inshootlari tayyorgarligi, axborot siyosatini samarali yo‘lga qo‘yish kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan muhokamalar davomida poytaxtimizda kurash bo‘yicha harbiylar o‘rtasida ilk bor tashkil etilayotgan nufuzli turnirda 30 dan ortiq davlat sportchilari ishtirok etishi, bellashuvlar 13 ta vazn toifasida o‘tkazilishi qayd etildi.

Yig‘ilishda musobaqa Nizomini tayyorlash, turnir ramzini ishlab chiqish, targ‘ibot-tashviqot roliklarini yaratish hamda xalqaro media qamrovini kengaytirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Ta’kidlanganidek, “CISM Kurash Challenge Cup” turniri kurash sportining nafaqat harbiy sport hamjamiyati o‘rtasida, balki xalqaro maydonda keng yoyilishiga xizmat qiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA