English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “Gofman ertaklari” operasi namoyish etildi
12:19 / 2025-04-28

Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Xalqaro opera va balet festivali doirasida Jak Offenbaxning mashhur “Gofman ertaklari” operasi premerasi bo‘lib o‘tdi.

Asar taniqli rejissyor Stefano Poda tomonidan zamonaviy sahna yechimlari asosida tayyorlangan bo‘lib, milliy simfonik orkestr ijrosidagi jonli musiqa va rang-barang sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Ernst Teodor Amadey Gofmanning ijodiy merosidan ilhom olingan mazkur opera, dramatik syujet va musiqaning uyg‘unligi orqali har bir lahzada yuraklarga ta’sir ko‘rsatdi.

Ta’kidlash lozimki, “Gofman ertaklari” operasi 28 aprelga qadar teatr sahnasida namoyish etiladi.

Azizaxon Saidazimova,

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi