Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy turnir nihoyasiga yetdi
20:46 / 2022-05-11

FOTOREPORTAJ

Joriy yilning 3-11 may kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida o‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan “Tashkent open-2022” XV Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSH dollariga ega bo‘lgan nufuzli turnirda ishtirokchilar “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Yakunda serbiyalik grossmeyster Aleksandr Indjich 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlar Javohir Sindarov (O‘zbekiston) va Yevgeniy Romanov (Norvegiya)ga nasib etdi.

[gallery-7052]

20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Shamsiddin Vohidov, Muhriddin Madaminov va Abdumalik Abdusalimovlarga teng keladigani topilmadi.

Faxriylar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Vyacheslav A’zamov va Obidjon Yusupov g‘alaba nashidasini surdi.

Ayollar o‘rtasida hamyurtimiz, jahon chempioni Umida Omonova 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, qozog‘istonlik Aliya Nurmanova va Bibisara Assaybayeva keyingi o‘rinlarga egalik qildi. 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarda yana bir vakilamiz Sitora Saparova g‘alaba qozondi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA