Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Game Jam tanlovi oʻtkaziladi
20:33 / 2019-10-24

Toshkentda 15-17-noyabr kunlari kompyuter oʻyinlari yaratuvchilari oʻrtasida Game Jam tanlovi boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekistonning barcha hududlaridan kompyuter oʻyinlari yaratuvchilari, dizaynerlar, rassomlar, musiqachilar va kompyuter oʻyinlari ishqibozlari ishtirok etadi.

Tanlov Toshkentdagi Gyote Instituti, GameDev Events Nsk hamjamiyati hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tashkilotchilarning fikricha, tanlov qatnashchilari jamoa boʻlib, tadbir kuni eʼlon qilinadigan mavzu boʻyicha 48 soat davomida kompyuter oʻyinini yaratishlari kerak boʻladi. Belgilangan vaqt tugaganidan soʻng ularning ishlanmalari plenumga taqdim etiladi va muhokama qilinadi. Hakamlar hayʼati esa eng yaxshi uchta jamoani saralab oladi.

Eng yaxshi jamoalarning ikki ishtirokchisiga Novosibirskda boʻlib oʻtadigan video oʻyinlar yaratuvchilarining Gamedev CityFest konferetsiyasida qatnashish uchun yoʻllanma beriladi.

Game Jam tanlovida ishtirok etish bepul. Tashkilotchilar shuningdek, tanlov qatnashchilariga oziq-ovqat, dam olish xonasini taqdim etishni ham vaʼda qilmoqda. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni joriy yilning 25-oktyabridan topshirish mumkin.