Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda epidemiologik vaziyat qanday?
22:23 / 2026-02-08

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida go‘yoki "karantin" joriy etilishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

– Hozirgi kunda Toshkent shahrida karantin e’lon qilinishiga sabab bo‘ladigan xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror.

Ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotgan turli kasalliklar (qizamiq, meningit, gepatit, sil va boshqalar) bo‘yicha karantin e’lon qilinishi zaruratini keltirib chiqaradigan holatlar mavjud emas.

Shuni ta’kidlash lozimki, har yili qishki mavsumda gripp va O‘RVI bilan kasallanish holatlari aholida mavsumiy ravishda ko‘payadi.

Shu sababli ta’lim tashkilotlarida bolalar salomatligini himoya qilish maqsadida ertalabki filtr (saralash) ishlari, tana haroratini o‘lchash, kasallik belgilari bor bolalarni vaqtincha ajratish, ota-onalarga tavsiyalar berish kabi profilaktik choralar olib boriladi.

Ayni shu filtr jarayonlari ayrim fuqarolar tomonidan "karantin" sifatida noto‘g‘ri talqin qilingan.

Fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni, faqat rasmiy manbalar orqali beriladigan ma’lumotlarga tayanishni so‘raymiz, – deyiladi rasmiy bayonotda.

M.Qosimova, O‘zA